Shaxsiy ma’lumotlar

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 1.2.2026 · Amal qilish boshlangan sana: 1.2.2026

1. Biz kimmiz

KitobGo — onlayn kitob do‘koni mobil ilovasi.

Operator (ma’lumot egasi)“KitobGo” YaTT ro‘yxatdan o‘tish raqami: 6985950
STIR / INN626762785
ManzilToshkent sh., Olmozor, Qamarniso ko‘chasi
Aloqasupport@kitobgo.com · +998 77 448 80 80

Ushbu siyosat KitobGo Android ilovasiga va kitobgo.com saytiga taalluqli.

2. Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz

Biz faqat ilova ishlashi uchun zarur ma’lumotlarni yig‘amiz. Reklama uchun hech narsa yig‘ilmaydi va reklama identifikatori (Advertising ID) umuman ishlatilmaydi.

2.1. Siz o‘zingiz kiritadigan ma’lumotlar

Ma’lumotQachonNima uchun
Telefon raqamiHisobga kirishda (SMS kod)Shaxsni tasdiqlash, buyurtma bo‘yicha bog‘lanish
Elektron pochta va parolEmail orqali ro‘yxatdan o‘tgandaHisobga kirish, parolni tiklash
Ism-familiyaIxtiyoriy, profildaMurojaat qilish, yetkazib berish hujjatlari
Yetkazib berish manzili: hudud, tuman, ko‘cha, mo‘ljalBuyurtma berishdaBuyurtmani yetkazib berish
Qabul qiluvchining ismi va telefoniBuyurtma berishdaKuryer bog‘lanishi uchun
Buyurtmaga izohIxtiyoriyYetkazib berishni aniqlashtirish
Sharh: baho, sarlavha, matnKitobga sharh yozgandaSharhni saytda ko‘rsatish

2.2. Avtomatik yaratiladigan ma’lumotlar

Ma’lumotNima uchun
Buyurtmalar tarixi (kitoblar, narx, holat, sana)Buyurtmani bajarish, buxgalteriya, kafolat
To‘lov holati va to‘lov tizimi identifikatoriTo‘lovni tasdiqlash
Sessiya tokenlari (kirish va yangilash tokeni)Har safar qayta kirmasligingiz uchun
Bildirishnomalar va ularning o‘qilgan holatiBuyurtma holati haqida xabar berish

2.3. Nima yig‘ilmaydi

  • Joylashuv (GPS) — ilovada bunday ruxsat umuman yo‘q.
  • Kontaktlar, kamera, mikrofon, fayllar, kalendar — hech biri so‘ralmaydi.
  • Reklama identifikatori (AD_ID) — ishlatilmaydi.
  • Analitika yoki xatoliklarni kuzatish (Firebase, Crashlytics va h.k.) — hozircha ulanmagan.

Ilova telefonda faqat bitta ruxsat so‘raydi: internetga ulanish.

3. Savat va sevimlilar — telefonning o‘zida

Savatingiz va sevimli kitoblaringiz serverga yuborilmaydi, ular faqat telefoningiz xotirasida saqlanadi. Ilovani o‘chirsangiz, ular ham yo‘qoladi.

4. Ma’lumotlaringiz kimga beriladi

Biz ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama tarmoqlariga bermaymiz. Ular faqat quyidagilarga, faqat kerakli hajmda uzatiladi:

KimNima uzatiladiNima uchun
Yetkazib berish xizmati / kuryerQabul qiluvchining ismi, telefoni, manziliBuyurtmani yetkazish
To‘lov tizimlari (Click, Payme)Buyurtma raqami va summasiTo‘lovni amalga oshirish. Karta ma’lumotlari bizga umuman kelmaydi — ularni to‘lov tizimining o‘z sahifasida kiritasiz
Google (Google orqali kirishni tanlasangiz)Google hisobingizdagi ism va emailShaxsni tasdiqlash
Apple (Apple orqali kirishni tanlasangiz)Apple bergan identifikator va emailShaxsni tasdiqlash
Vakolatli davlat organlariQonun talab qilgan hajmdaQonuniy talab bo‘yicha

5. Qancha muddat saqlanadi

Ma’lumotMuddat
Hisob ma’lumotlari (ism, telefon, email)Hisob mavjud bo‘lgunicha
ManzillarSiz o‘chirgunizgacha yoki hisob o‘chirilgunicha
Buyurtmalar va to‘lov yozuvlariHisob o‘chirilgandan keyin ham 5 yil — buxgalteriya va soliq qonunchiligi talabi
SharhlarHisob o‘chirilganda anonimlashtiriladi
Sessiya tokenlariChiqqaningizda darhol o‘chiriladi; yangilash tokeni 30 kun

6. Sizning huquqlaringiz

Siz quyidagilarga haqlisiz:

  • Ko‘rish — qanday ma’lumot saqlanayotganini so‘rash.
  • Tuzatish — ism, telefon, manzilni ilovaning o‘zida o‘zgartirish.
  • O‘chirish — hisobingizni va unga bog‘liq ma’lumotlarni o‘chirtirish.
  • Roziligingizni qaytarib olish — bildirishnomalarni o‘chirish, hisobni yopish.

Hisobni qanday o‘chirasiz

  1. Ilovada: Profil → Hisobni o‘chirish.
  2. Yoki ilovasiz: kitobgo.com/account/delete sahifasi orqali.
  3. Yoki support@kitobgo.com ga hisobingiz telefon raqamidan yozib.

So‘rov 2 ish kunida bajariladi. Buyurtma va to‘lov yozuvlari 5-banddagi muddat davomida saqlanib qoladi — bu qonun talabi, biz undan voz kecha olmaymiz.

7. Xavfsizlik

  • Ilova bilan server o‘rtasidagi barcha aloqa HTTPS orqali shifrlanadi.
  • Parollar serverda encoder bilan xeshlanadi, ochiq holda saqlanmaydi.
  • Sessiya tokenlari telefoningizning boshqa ilovalarga yopiq xotirasida saqlanadi. Tokenlar Google Drive zaxirasiga kirmaydi.
  • Bularga qaramay, internet orqali uzatishning 100% xavfsiz usuli yo‘q.

8. O‘zgarishlar

Siyosat o‘zgarsa, yangi tahriri shu sahifada e’lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim o‘zgarishlar haqida ilovadagi bildirishnoma orqali xabar beramiz.

9. Bog‘lanish

Maxfiylik bo‘yicha savollar: support@kitobgo.com · +998 77 448 80 80 · Toshkent sh., Olmozor, Qamarniso ko‘chasi