
Daloilul Xayrot
100 000 so‘m
Ming yillardan buyon butun dunyoda “Hujjatul Islom” unvoni bilan ulug‘lanib kelayotgan Imom Abu Homid G‘azzoliy asarlari Islom dini mohiyatini barcha nozik jihatlarigacha e’tiborga olingani, teran tafakkur va idrok etilgani, tushuntirilgani bilan ajralib turadi. E’tiqodiy masalalarga alohida xassoslik, mehr-muhabbat bilan yo‘g‘rilgan bu sifatlar, shubhasiz, o‘quvchilarni ham insonning dunyoga kelishidagi ilohiy hikmat, yashashdan maqsad hamda vazifalari haqida chuqur o‘ylashga undaydi.
Allomaning “Qalblar kashfiyoti” deb nomlangan ushbu kitobida ham Alloh taologa doimo itoatda, qo‘rquv va zikrda, sevgi-muhabbatda bo‘lish fazilatlari hamda U Zotni, Rasulini unutish oqibatida shaytonning ochiq dushmanligi bilan inson tabiati va hayotining turli sohalarida halokatli holatlar kelib chiqishi haqida ta’sirli, jozibali hikoya qilinadi. Asar Payg‘ambarimizning (sollallohu alayxi va sallam) butun umri singari ibratli bo‘lgan so‘nggi kunlari hamda vafotlarini bayon etish bilan yakun topgan.
Shu bo‘limdagi boshqa kitoblar

100 000 so‘m

195 000 so‘m

140 000 so‘m

110 000 so‘m
© 2026 Kitob.go. Barcha huquqlar himoyalangan.